Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent” aeroportining yo‘lovchi tashish hajmi 3 million yo‘lovchini tashkil etdi

Chop etish Sahifani ulashish
07.08.2023 2567 Yangiliklar

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillik yakunlariga ko’ra joriy yilda yo‘lovchi tashish 35 foizga oshib, 4,7 million kishini, “Toshkent” aeroportining yo‘lovchi tashish hajmi 39 foizga oshib, 3 million yo‘lovchini tashkil etdi. Yil oxiriga qadar 9,2 million, Toshkentda esa 7 millionga yaqin yoʻlovchi oqimi kutilmoqda.

 

Oʻzbekiston aeroportlariga uchuvchi aviakompaniyalar soni 59 taga yetdi, shu jumladan 7 ta rezident kompaniya. Joriy yilda reyslar soni 30 foizga oshdi va haftasiga 800 ga yaqin reysni tashkil etdi.