Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"TEMIRYO‘LKARGO" AJ Xitoyning "JIAYOU INTERNATIONAL" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
15.01.2024 1205 Yangiliklar

Joriy yilning 14-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, "TEMIRYO'LKARGO" AJ hamda Xitoyning "Jiayou International" kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Jiayou International" dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida o‘zining vakilxonalariga ega bo‘lib, multimodal yuk tashuvlari, aqlli ombor xizmatlari, logistika ta’minot zanjiri yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib boradi.

 

Uchrashuvda "Jiayou International" kompaniyasi raisi Meng Lian, Transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, "TEMIRYO'LKARGO" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Oybek Jabarovlar ishtirok etdi.

 

Tomonlar "Xitoy-Qirg‘iston-O‘zbekiston" yo‘nalishida multimodal tashuvlar hajmini oshirish, logistika markazlarida yuk omborlari boshqaruvida informatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama etdilar.

 

Muzokaralar yakuni bo‘yicha "TEMIRYO'LKARGO" AJ va "Jiayou International" kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.