Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi

Chop etish Sahifani ulashish
05.10.2022 1596 Yangiliklar

 

Mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasida yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 34 ta zamonaviy elektropoyezdlar sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.

 

Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.

 

Harakat tarkibini yangilash, zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish bo‘yicha hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Stadler, Skoda, Talgo, Hyundai, CAF, Siemens, Alstom, Hitachi, Pesa, CRRC-Dalian kabi dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

 

34 ta zamonaviy elektropoyezdlarning xarid qilinishi natijasida 8 ta yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bular: Toshkent – Jizzax – Toshkent, Toshkent – Keles – Toshkent, Navoiy – Buxoro – Navoiy, Samarqand – Jizzax – Samarqand, Samarqand – Shahrisabz – Samarqand, Samarqand – Qarshi – Samarqand, Andijon – Xonobod – Andijon, Nukus – Xiva – Nukus.

 

Yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 mln 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

 

Shuningdek, Toshkent – Xojikent – Toshkent, Toshkent – Angren – Toshkent, Namangan – Andijon – Namangan, Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon, Toshkent – Guliston – Toshkent, Toshkent – Bekobod – Toshkent, Termiz – Sariosiyo – Termiz, Qarshi – Buxoro – Qarshi, Buxoro – Xiva – Buxoro, Samarqand – Buxoro – Samarqand kabi 10 ta mavjud yo‘nalishlarda esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 mln 473 ming 500 nafar yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishiladi.