Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Chop etish Sahifani ulashish
22.04.2022 5015 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘i 3363-son raqam bilan 2022 - yil 19 - aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur buyruq bilan Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Qoidalar 7 bob va 5 ilovadan iborat bo‘lib, temir yo‘l tashishlari xavfsizlik darajasini oshirishni ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini hamda texnologik va texnogen xarakterdagi tahdidni oldini olish maqsadida, xalqaro amaliyot va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan.

Qoidalarda:

Temir yo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ochish va yopish, temir yo‘l kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash bilan bog‘liq normalar;

temir yo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar;

temir yo‘l kesishmalari chegarasida va ularga olib boradigan yo‘llarda joylashgan temir yo‘l kesishmalari, avtomobil yo‘llari uchastkalari tuzilishi, jihozlanishi, foydalanilishi, saqlanishi va ta’mirlanishiga bo‘lgan talablar;

temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etilishiga bo‘lgan talablar belgilandi.

 

Batafsil: https://lex.uz/pdfs/5969637