Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Temir yo‘l chiptalariga bayram chegirmalari

Chop etish Sahifani ulashish
22.12.2021 6038 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati bayramlar va qo‘shimcha dam olish kunlarida talabalar, pensionerlar, nogironlar va yana bir nechta aholi vakillariga temir yo‘l chiptalariga chegirmalar berilishini ma’lum qildi.

2021-yil 31-dekabrdan – 2022-yil 4-yanvar, 2022-yil 21-23 mart hamda 1-2 sentabr kunlarida quyidagi chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning ta’rif qismidan – 50%;

- Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning ta’rif qismidan – 15%;

- Oilaviy bo'lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning ta’rif qismidan – 15%;

- Bir jamoa, gruh bo'lib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) chiptaning ta’rif qismidan – 15%;

- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning ta’rif qismidan - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.