Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TABRIK 

Chop etish Sahifani ulashish
29.10.2023 1594 Yangiliklar

Oktabr oyining so‘nggi yakshanbasi an’anaviy tarzda “Avtomobil transporti xodimlari kuni” sifatida soha mehnatkashlari tomonidan nishonlab kelinadi. Mamlakat taraqqiyoti va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishida avtomobil transportining o‘rni va ahamiyati nihoyatda beqiyosdir.

 

Sohaning zahmatkash xodimlari xalq xo‘jaligi yuklarini belgilangan manzillarga yetkazib berib, ishlab chiqarish jarayonlari va bunyodkorlik ishlarining bir maromda borishini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, odamlarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish ham transportchilar zimmasida.

 

Bu kun nafaqat haydovchilar, balki soha faxriylari, korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis-texnik xodimlar, korxona rahbarlari va o‘z kasb burchini vijdonan ado etayotgan har bir ishchi-xizmatchining kasb bayramidir. 

 

Shu munosabat bilan Transport vazirligi jamoasi avtomobil transporti sohasida faoliyat yuritayotgan barcha zahmatkashlarni chin qalbdan muborakbod etadi. Ona zaminimiz jon tomirlari - yo‘llar uzra sochilgan rizq-nasibangiz hamisha butun bo‘lsin!