Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sud-huquq sohasidagi islohotlarning ahamiyati

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2021 6497 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomilashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-protsessual, Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun mohiyatiga bag‘ishlandi. Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, idoraviy va tizim tashkilotlari rahbar hamda xodimlari ishtirokida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirni Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida Transport vazirligi Yuridik boshqarma mutaxassislari tomonidan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yuridik boshqarma boshlig‘i S. Gafarov o‘z nutqida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali, fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini beradigan tarzda sud qarorlarini qayta ko‘rish tartibini birlashtirishga, jamiyatning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, shuningdek, xalqaro standartlar normalarini milliy qonunchilikka iplementatsiya qilishga erishish ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Transport vazirligi tizimida faoliyati yuritayotgan xodimlarning qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni amaliyotda to‘g‘ri tadbiq etish va qo‘llashlarini ta’minlash yuzasidan doimiy ravishda bu kabi huquqiy targ‘ibot tadbirlari, seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.