Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi qatnashchilari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
26.04.2022 2433 Yangiliklar

 

25 - aprel kuni Toshkent shahrida start olgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiyaning Udmurtiya Respublikasi hukumat raisi o‘rinbosari Mixail Xomich hamda Sverdlovsk viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Aleksey Shmikov boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda har ikki hududning yirik ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va sanoat korxonalari vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.

Tomonlar muzokaralarda transport va logistika sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon vakillari transport-logistika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni davom ettirishga kelishib oldilar.