Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Singapur bilan transport sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
10.08.2022 2729 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

 

Xususan, Singapurning jamoat transporti, taksilar faoliyatini tartibga solish, yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish hamda aeroportlar boshqruvi kabi yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribasini o‘rganish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

 

Elchi janoblari mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatishga hamda Singapur ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylanishiga ishonch bildirdi.

 

Suhbat davomida tomonlar transport sohasida raqamli texnologiyalar va yechimlarni joriy etishni jadallashtirish muhimligi qayd etgan holda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojalantirish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.