Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiyadan Oʼzbekistonga 4 ta maxsus yoʼlovchi poezdlar qatnovi yoʼlga qoʼyiladi!

Chop etish Sahifani ulashish
15.10.2021 3425 Yangiliklar

 

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yoʼnalishida 483-sonli yoʼlovchi poezdining 4 ta maxsus reysi yoʼlga qoʼyiladi. Mazkur poezdlar 2021-yil 22, 25, 29-oktyabr hamda 1-noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yoʼnalishida harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʼnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʼlga qoʼyilgan. Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʼzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali е-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʼnatishlari ham mumkin.

 

Izoh: Qoʼshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʼl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.