Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qishloq хoʻjaligida 100 kg dan oshmagan dronlardan foydalanish mumkin

Chop etish Sahifani ulashish
03.12.2021 3247 Yangiliklar

 

Vazirlar Mahkamasi 29.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son qarori munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 721-son qarorni qabul qildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (31.08.2016 yildagi 287-son VMQ bilan tasdiqlangan) fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalariga qoʻyiladigan talablarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ularning maksimal uchish vazni 25 kg dan koʻp boʻlmasligi kerak, bundan qishloq хoʻjaligida agroteхnika tadbirlari uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalari mustasno, ularning uchish vazni 100 kg dan oshmasligi kerak.

 
Manba: Norma.uz