Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qashqadaryoda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.05.2024 1427 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.


Uchrashuvda qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda viloyatda brutto-shartnoma tizimini joriy etish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi qamrovini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Shuningdek, viloyat transport boshqarmasida tashkil etilgan dispetcherlik markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

Dispetcherlik markazi orqali hozirda Qarshi shahridagi mavjud 21 ta avtobus yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobuslar harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.