Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Poytaxt metropolitenining yangi bekatlar oralig‘ida sinov tariqasida poyezd qatnovi boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
24.03.2023 1641 Yangiliklar

 

Bugun, 24 - mart kuni, Toshkent metropoliteni yer usti halqa yo‘lini qurish loyihasining II bosqichi doirasida, Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 8,5 kilometrli 5 ta bekat oralig‘ida sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.

 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Transport vazirligi, «Toshkent metropoliteni» DUK rahbariyati, «Boshtransloyiha» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Hozirda loyihaning “Quruvchilar–Qipchoq” qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda 3,8 km uzunlikdagi yo‘nalishda yana 2 ta bekat qurib bitkaziladi.


Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.