Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Singapurning PSA International kompaniyasi bilan transport va logistika sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
17.01.2023 2055 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida Transport vaziri I.Maxkamov va PSA International kompaniyasi bosh direktori Van Chi Fo o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

 

Muzokaralarda tomonlar transport va logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish masalalarini muhokama etishdi hamda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

 

- raqamli savdo va logistika platformasi tizimini joriy etish;

 

- mamlakatimizda quruq portlar va logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangilarini birgalikda qurish;

 

- transport-logistika markazlarini qurishda tajriba almashish va o‘zbek mutaxassislarini ushbu sohada Singapurda malakasini oshirish va boshqalar.

 

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va PSA International Pte Ltd kompaniyasi o‘rtasida transport va logistika sohasida hamkorlik bitimi imzolandi.