Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Parkent shahridan “Mashinasozlar” metro bekatiga ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.01.2023 2244 Yangiliklar

  

Toshkent viloyatidan poytaxtga 9 ta yo‘nalishda ekspress avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha belgilangan reja doirasida Parkent shahridan yo‘lovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro bekatiga yetkazib qo‘yuvchi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.


Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi.


Yo‘nalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida “Parkent ATS” MChJ tomonidan 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yo‘nalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan.


Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

 

Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilangan.