Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekistonga charter reyslarini amalga oshirish maqsadida ariza topshirish uchun onlayn tizim ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.02.2021 5120 Yangiliklar

 

Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” Agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiya aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovlarni rasmiylashtirish va ruxsat berishning elektron tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu elektron platformaning yaratilishi ariza beruvchiga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishga onlayn so‘rovlarni berish, “O‘zaviatsiya” Agentligining “Uzbekistan airports” AJ va “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK bilan so‘rovlarni qayta ishlashda tezkor hamkorlik qilish, so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddatlarini esa 24 soatgacha qisqartirish imkonini beradi.

2021-yil 15 - fevraldan boshlab platforma onlayn, sinov rejimida ishga tushirildi. Xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun arizalarini quyidagi havola orqali berish imkoniyatiga ega.

 

https://uzcaa.uz/ru/permission