Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Vengriya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
27.10.2022 2124 Yangiliklar

 

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Transport vazirlari yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Vengriya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

 

Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovini yo‘lga qo‘yish, tayinlangan aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli huquqlarni berish hamda Havo qatnovi to‘g‘risida ikki tomonlama hukumatlararo bitim loyihasining yakuniy matnini kelishish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va Bitim loyihasining yakuniy matni kelishildi. Tomonlar mazkur Bitim imzolanishini tezlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.