Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanadi

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2022 15171 Yangiliklar

 

2022 - yil 16 - martdan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi.

Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 - yil 16 - mart kuni to‘xtatilgan edi.

2022 - yil 16 - martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.