Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi tashkil topganiga 30 yil to‘ldi

Chop etish Sahifani ulashish
31.12.2020 5669 Yangiliklar

 

1991- yilda tashkil etilgan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi – havodagi kenglikdan foydalanish va havodagi harakatni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Markazning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida yangi davr boshlanishiga, O‘zbekistonning barcha hududlarida havodagi harakatni boshqarish tizimini rivojlantirish va zamonaviylashtirishni yagona, aniq bir maqsadga qaratilgan siyosatini o‘tkazishga imkon yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tarkibiga kiruvchi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi korxonasi xususiyatlari havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish va parvozlarni radiotexnik ta’minoti bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib hisoblanadi.

Transport vazirligi jamoasi “O‘zaeronavigatsiya” Markazining 30 yillik ish faoliyati bilan korxonaning barcha ishchi-xodimlarini muborakbod etadi. Sizlarning o‘ta mas’uliyatli va sharafli kasbingizda ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolamiz.