Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

OTB hamkorligida transport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
24.04.2024 885 Yangiliklar

Bugun,24-aprel kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Osiyo taraqqiyot bankining transport sektori bosh direktori Xiroaki Yamaguchi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar yurtimizda bank ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Xiroaki Yamaguchi bugungi kunda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar portfeli salmog‘i juda keng ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bois mamlakatimizdagi loyihalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan ikki vakil Toshkent shahrida doimiy faoliyat olib borishi uchun ajratilganini ma’lum qildi.

 

Suhbat davomida transport sohasini raqamlashtirish, situatsion markaz yaratish, pullik yo‘llarni boshqarish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ kompaniyasi vakillari tomonidan mamlakatimiz hududiy aeroportlarini rivojlantirish va DXSh asosida foydalanish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.