Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

OLDI onlayn ma'lumotlar almashinuviga o'tish

Chop etish Sahifani ulashish
31.05.2023 1582 Yangiliklar

 

2023-yil 30-maydan Toshkent havo harakatini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazi Aktobe (Qozog'iston) havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi markazi bilan OLDI (on-line Data Interchange) protokoli bo'yicha "ovozsiz" yo’naltirish va o'zaro hamkorlik tartibini joriy etdi.

 

OLDI - bu qo'shni havo harakatini boshqarish organlari o'rtasida joriy parvoz ma'lumotlarini muvofiqlashtirish va uzatish protokoli hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi havo harakatini boshqarish organlari o'rtasida foydali ma'lumotlarni muvofiqlashtirish va almashishni avtomatlashtirish hamda standart xabarlarni o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlashdir.

 

Shuni ta'kidlash kerakki, OLDI protokolini amalga oshirish bo'yicha ushbu loyiha birinchi xalqaro tajriba bo'lib, ilgari ushbu protokol faqat mahalliy darajada tatbiq etilgan edi. Kelgusida Chimkent, O’sh, Bishkek, Dushanbe, Xo’jandda va boshqa havo harakatini boshqarish markazlari bilan OLDI protokolini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.