Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va  Xitoy o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
19.01.2024 1054 Yangiliklar

Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi hamda «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK rahbar hamda mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh aviaqatnovlar hajmini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi havo koridorlari (trassalari)ni ochish, shuningdek, Xitoy aviakompaniyalarini O‘zbekiston aviatashuvlar bozoriga jalb etish hamda 2023-yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalarning Xitoy aviatashuvlar bozorida ishtirokini taʼminlash yuzasidan Xitoy aviatsiya maʼmuriyati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

 

Delegatsiya aʼzolarining Xitoy aviatsiyasi maʼmuriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarining birinchi bosqichidan olingan xulosasiga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida IATA – 2024 bahor-yoz mavsumidan ikki davlat o‘rtasida Toshkent – Pekin, Toshkent – Siyan hamda Toshkent – Chengdu yo‘nalishlariga qo‘shimcha ravishda Urumchi – Samarqand, Toshkent – Shanxay, Toshkent – Xaynan, Toshkent – Sanya va Toshkent – Xanchjou kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning "Qanot Sharq" hamda "Centrum Air" rezident aviakompaniyalari Xitoy Xalq Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun xorij tomonining talabiga muvofiq sertifikatsiyadan o‘tish jarayonini yakunlab, tegishli ekspluatatsiya ruxsatnomasini olganidan so‘ng yangi tashkil etilgan aviakompaniyalar orasida birinchilardan bo‘lib Xitoyga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yshi mumkin.