Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi  

Chop etish Sahifani ulashish
22.05.2024 1086 Yangiliklar

“FAF 2024” tadbiri doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi va erishilgan kelishuvlarni tasdiqlash maqsadida Memorandum imzolandi.

 

Memorandum O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.