Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
13.12.2023 1681 Yangiliklar

ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi. Muzokaralar jarayonida Transport vazirligi delagatsiyasiga O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi hamrohlik qildi.

 

Bu O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida haftasiga har bir tomondan 14 tadan, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekistonning istalgan shahridan Saudiya Arabistonining xalqaro aeroportga ega bo‘lgan istalgan shahriga har bir tomondan haftasiga 21 tadan (jami 35 tadan) muntazam parvozlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali “Umra” safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlar hamda agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham berish, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.