Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston va Rossiya Transport sohasida nazorat organlari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
20.11.2023 1969 Yangiliklar

Transport haftaligi-2023 doirasida Rossiya Transport sohasida nazorat qilish Federal xizmati va O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi o'rtasida avtomobil transporti va yo'l xo'jaligi, shuningdek, temir yo'l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida memorandum imzolandi

 

Hujjatni Transport nazorat inspeksiyasi boshlig'i Jamshid Karimov va Rostransnadzor rahbari Viktor Basargin imzoladi. Ushbu memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yishmoqda:

 

tomonlarning huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha tajriba almashish;

 

yo'l harakati xavfsizligi va temir yo'l transportidan foydalanish qoidalari buzilishi to'g'risida ma'lumot almashish;

 

raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.