Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro yuk tashuvlari sohasida «E-Permit» tizimini ishga tushirdi

Chop etish Sahifani ulashish
13.04.2024 1604 Yangiliklar

Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, ushbu jarayonga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Xususan, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron «E-permit» ayirboshlash tizimi amaliyotga tatbiq etildi.

 

«E-permit» tizimini qo‘llagan holda ilk kvotalar almashilib, yuk avtotransport vositalari «Yallama» chegara bojxona posti orqali harakatlandi. Transport vazirligi huzuridagi "Raqamli transport markazi" mutaxassislari tomonidan ushbu tizim test rejimida muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu elektron tizim ilk marotaba Transport vazirligi tashabbusi bilan 2021-yilning 11-noyabrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida amaliyotga joriy etilgan.