Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati “FAF 2024” Xalqaro aviatsiya forumida ishtirok etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
21.05.2024 1139 Yangiliklar

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida mamlakat fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "FAF 2024" uchinchi xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Forum aviatsiya sohasidagi hamkorlikni takomillashtirish, havo transportini barqaror rivojlantirishda innovatsiyalarni tatbiq etishga bag‘ishlangan.

 

Ushbu forumda Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati rahbarining shaxsiy taklifiga binoan Toxir Nazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

 

Forum doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Xitoy va Bangladesh aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Xitoy delegatsiyasi bilan joriy yilning iyun oyida Sian shahrida (Xitoy) o‘tkazilishi rejalashtirilgan fuqaro aviatsiyasi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya ma’murlari o‘rtasida muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida Bangladesh tomoni O‘zbekiston delegatsiyasiga ikki tomonlama havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitimni imzolash bo‘yicha kelishish tartib-taomillari yakunlangani haqida ma’lumot berdi. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu hujjatning imzolash sanasi va joyini belgilashga kelishib oldilar.