Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Muzeyga sayohat - moziyga sayohatdir

Chop etish Sahifani ulashish
26.08.2022 3684 Yangiliklar

 

Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.

 

Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

 

Ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Moziyga sayohat” dasturi doirasida vazirlik markaziy apparati va uning tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh yoshlarning poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

 

O‘zlikni anglash tarixni anglashdan boshlanadi. Jonajon O‘zbekistonimiz buyuk tarix va ulug‘ ajdodlarimiz makonidir. Yoshlarimizni o‘tmishdan va uning saboqlaridan xabardor qilish esa bugungi kunning muhim vazifalardan biridir, – deydi vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Norxo‘jayev. 

 

Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalar yosh xodimlar va yosh avlodga ma’naviy ozuqa berish hamda ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyatga ega.