Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Muhim xabar !

Chop etish Sahifani ulashish
18.08.2021 4680 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘rtasida telefon orqali o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Germaniya, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolarini Toshkent aeroporti orqali tranzit evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Belgilangan fuqarolarni evakuatsiya qilish tadbirlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tomonidan alohida terminal ajratildi. Shu munosabat bilan mahalliy va xalqaro reyslarning uchib ketish va uchib kelish joyi hamda parvozlar jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar “Uzbekistan airways” AJ va «Uzbekistan airports” AJ tomonidan e’lon qilinadi.