Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2023 1234 Yangiliklar

Bugun, Transport vazirligida mamlakatimiz transport sohasida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh nuroniylarni “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Prezidentimiz qarori bilan taʼsis etilgan "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni faxriylarga yuksak hurmat va ehtirom namunasidir. Tantanali marosimda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov nuroniylarni ushbu yuksak mukofot bilan qutlab, I va II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.

 

Toshkent davlat transport universiteti professori Akmal Muxitdinov hamda “Toshkent metropoliteni” DUK katta ustasi Valeriy Altibayev I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan, shuningdek, uzoq yillar davomida mamlakatimiz temir yo‘l tizimida faoliyat ko‘rsatgan hozirda nafaqada bo‘lgan Zamira Jurayeva II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.