Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MDH mamlakatlari va Hind okeani portlarining Janubiy Osiyo orqali transport logistikasi sohasida hamkorligi bo‘yicha yangi marralar

Chop etish Sahifani ulashish
23.04.2024 563 Yangiliklar

Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

 

Onlayn va oflayn rejimda o‘tkazilayotgan uchrashuvda Belarus transport va kommunikatsiya vaziri birinchi o‘rinbosari Valeri Verenich, Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev, Qozog‘iston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Maksat Kaliakparov, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Pokiston temir yo‘llari vaziri o‘rinbosari Ali Shax Sayid Mazxar, Afg‘oniston transport vaziri Hamidulla Oxunzoda ishtirok etishmoqda.

 

Mazkur tadbir 2023-yil noyabr oyida Toshkent shahrida imzolangan Memorandumni amalga oshirishning mantiqiy davomi bo‘lib, Transafg‘on koridori bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yechimlarni birgalikda izlashdan iborat.

 

Shu maqsadda tadbirga transport siyosatini yurituvchi davlat organlari vakillari hamda ushbu yo‘lak orqali yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmon doira vakillari taklif etilgan.