Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2024 827 Yangiliklar

Bugun, 16-aprel kuni “Toshkent” avtovokzalida "Avtovokzal va avtostansiyalarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar va boshqa tabiiy ofatlarni FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda bartaraf etish" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

O‘quv-mashqi davomida shartli ravishda ro‘y bergan favqulodda holatlar hamda yong‘inlarni bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlarda Davlat quyi tizimi (FVDqT) kuch va vositalarni hamkorlikdagi harakatlari amalda sinab ko‘rildi.

 

Qutqaruv guruhi jabrlanganlarni (shartli) talafot joylaridan olib chiqish va xavfsiz hududga tashish choralarini ko‘rdi. Jabrlanganlarga xavfsiz hududdagi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tez tibbiy yordam mashinalarida davolash muassasalariga jo‘natildi.

 

O‘quv mashqining nazariy qismida mashq yakuni bo‘yicha barcha ishtirokchilar yig‘ilib, o‘quv mashqining yutuq va kamchiliklari bo‘yicha izoh berdi.

 

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi yakuni bo‘yicha obyekt rahbarlari tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi hamda tegishli FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari baholandi.