Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

LOT Polish Airlines aviakompaniyasi Varshavadan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Chop etish Sahifani ulashish
21.03.2023 2034 Yangiliklar

 

Bugun, 21-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03 da “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo’ndi.

 

Varshava – Toshkent – Varshava yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan Boeing 787 Dreamliner havo kemasi an’anaga ko‘ra tantanali ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.

 

Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini karnay-surnay sadolari ostida Transport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi vakillari, Polshaning O‘zbekistondagi elchisi, “Uzbekistan airports” kompaniyasi rahbariyati gullar bilan qarshi oldi.

 

Aviakompaniya iyun oyi o‘rtalariga qadar ushbu yo‘nalishda har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlarni amalga oshiradi. Keyingi bosqichda Varshava – Toshkent – Varshava yo‘nalishida qatnovlar muntazam ravishda bajarilishi rejalashtirilgan.