Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Litsenziatlar va litsenziya talabgorlari diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
04.01.2021 7530 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq 2021- yil 1- yanvardan yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish hamda yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyat turlarini litsenziyalash, shuningdek, avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish sohasidagi 9 ta faoliyat turi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinmoqda. Natijada faoliyat turlari 15 tadan 6 taga qisqartirilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida ma’muriy reglament asosida yaratilgan idoralararo integrallashtirilgan elektron litsenziyalash dasturiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan hafta davomida profilaktika ishlarini olib borish maqsadida zaruratga ko‘ra qisqa muddatlarda tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin.