Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Korrupsiyaning oldini olish – muhim masala

Chop etish Sahifani ulashish
01.02.2021 4714 Yangiliklar

 

Transport vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish, ushbu illatning sabablari va sodir etilishiga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etish, mazkur masalada ishchi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligida avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham ish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi toqatsiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrushuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari mamlakatimizda ushbu illatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.