Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi

Chop etish Sahifani ulashish
25.04.2024 914 Yangiliklar

Poytaxtda 22−24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida 27 ta davlatdan 10 mingdan ortiq ishtirokchi va biznes delegatsiyalar qatnashib, 230 ta xorijiy kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

 

Bundan tashqari, panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari tashkil etildi.

 

Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan “Shaharlar va tarmoqlar uchun zamonaviy transport infratuzilmasini boshqarish tizimlari” va “Yashil chiroq: ekologik toza transportning rivojlanishi transport va turizm sanoatini qanday o‘zgartirmoqda” mavzularidagi panel sessiyalari ishida Transport vazirligi mutaxassislari faol ishtirok etishdi.