Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ICAO O‘zbekistonda aviatsiya tizimida ingliz tilini bilish darajasiga qo'yiladigan talablarni joriy etish bo‘yicha yig'ilishi o‘tkazadi

Chop etish Sahifani ulashish
23.05.2023 1849 Yangiliklar

 

2023-yil 5 – 7-iyun kunlari Samarqand shahrida EASPG Yevropa rejalashtirish guruhining ingliz tilini bilish darajasi talablarini joriy etish bo'yicha (LPRI TF/42) maqsadli yig'ilishi bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbir kun tartibidan ingliz tilini bilish talablarini amalga oshirish, malaka testlarini ishlab chiqish hamda onlayn test o‘tkazish, shuningdek, til test markazlarini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish o‘rin olgan.

 

Yig‘ilish 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “Yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusidagi mahorat darsi bilan yakunlanadi.