Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«I FLY Airlines» avakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
09.11.2021 4244 Yangiliklar

 

Yo‘lovchilarning huquqlari va tashuvchining majburiyatlariga rioya etishni ta’minlash maqsadida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2020 -  yilning oktabr oyida aviakompaniyalarga O‘zbekiston aeroportlariga charter reyslarini amalga oshirish uchun vakolatli organ “O‘zaviatsiya” agentligidan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotish amaliyotini tugatish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan.

«I FLY Airlines» aviakompaniyasi ushbu ogohlantirishga qaramay tegishli ruxsatnomalarni olmasdan qo‘pol ravishda talablarni buzib 2021-yil noyabr oyida Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva hamda Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida charter parvozlari uchun aviachiptalar sotuvini tashkil etgan. Natijada aviachiptada ko‘rsatilgan vaqtda yo‘lovchilar aerovokzallarga kelishgan va belgilangan yo‘nalishda parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelgan.

Shu munosabat bilan “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan «I FLY Airlines» aviakompaniyasiga sanksiya tariqasida O‘zbekistonga charter parvozlarini amalga oshirishni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda “O‘zaviatsiya” agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekpluatatsiya ruxsatnomalarini bekor qiladi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilar va aviakassalar mutasaddilaridan aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin "O‘zaviatsiya" agentligi veb-saytining bosh sahifasidagi "Axborot jadvali" bo‘limida rejalashtirilgan charter parvozlarining holati bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.