Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlar qoplab berilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.04.2023 2433 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilmoqda.

 

2023 - yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra tashuvchilarning hisob raqamlariga jami 2 mlrd 554,1 mln so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

 

Xususan, Namangan viloyati 750,6 mln so‘m, Farg‘ona viloyati 515,3 mln so‘m, Samarqand viloyati 339,8 mln so‘m, Navoiy viloyati 312,4 mln so‘m, Toshkent viloyati 249,3 mln so‘m, Jizzax viloyati 103,4 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 71,4 mln so‘m, Xorazm viloyati 64,6 mln so‘m, Surxondaryo viloyati 26,6 mln so‘m, Buxoro viloyati 14,6 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar qoplab berildi.

 

Qolgan viloyatlardagi tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zararlar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan.