Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fuqaro himoyasi masalalari, favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni himoyalash

Chop etish Sahifani ulashish
28.12.2023 942 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-144-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Transport vazirligi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Xususan, mazur farmon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish «yo‘l xaritasi»ga asosan “Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini e’tiborga oluvchi tavsiyalar” ishlab chiqish belgilangan.

 

Ushbu tavsiyalar Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat Transport universiteti mutaxassislari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilib, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil 15-maydagi 6-son Bayoni bilan tasdiqlandi va O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashiga kiritildi.

 

Shu bilan birga, aholini evakuatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan ochiq va xavfsiz hududlarni belgilashda, shuningdek belgilangan hududlarga aholini evakuatsiya qilishni tezkor tashkil etish, evakuatsiya qilingan aholi hayoti uchun zarur bo‘lgan vositalarni yetkazish maqsadida avtomobil yo‘llarini barpo etish, zarur hollarda mavjudlarini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hududiy transport boshqarmalari hamda avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari malakali xodimlarining ishtiroki ta’minlandi.

 

Undan tashqari, transport obyektlarini va transport ifratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda tizmdagi ijtimoiy soha obyektlarining zilzilabardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan rejalashtirilgan va o‘tkazib borilayotgan o‘quv mashqlarida transport sohasi tashkilotlari ishtirok etib kelmoqda.

 

Xususan, joriy yil 16–18-may kunlari Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari boshqaruv organlari hamda FVDT hududiy quyi tizimlari bilan o‘tkazilgan hamkorlikdagi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tumanlarida o‘tkazilgan 20 dan ortiq qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari, qo‘mondonlak-shtab hamda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida hududiy Transport boshqarmalari va Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari kuch va vositalarining faol ishtiroki ta’minlandi.

 

Shuningdek, zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholini evakuatsiya qilish va ko‘p sonli jabrlanganlarni tibbiyot muassasalariga yetkazib berishda avtotransport korxonalarining tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida joriy yil 2–3-mart kunlari Xorazm viloyati Shovot tumanida, 17–18-avgust kunlari Namanagan viloyatida va 27–28-oktabr kunlari Urganch shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taktik-maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazildi.