Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2024 578 Yangiliklar

Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Sayid Kamol Xodienfar boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

 

10-iyun kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

 

Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashuvlarda undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida belgilash, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning transport-ekspeditorlik kompaniyalari bilan Eron hududi orqali yuk tashuvlaridagi mavjud muammolar muhokama etildi.