Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Epidemiologik vaziyat murakkab bo‘lgan bir qator davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatiladi!

Chop etish Sahifani ulashish
01.12.2021 13597 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infektsiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 2021 - yil 3 - dekabrdan 2022 - yil 10 - yanvarga qadar Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatiladi.

Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

Endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:

mamlakatimizga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infektsiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari lozimligi;

koronavirus infektsiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumoti mavjud bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infektsiyasiga ekspress test topshirishlari shartligi belgilandi.

Shuningdek:

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan so‘ng mamlakatimiz hududiga kirib kelgan kundan e’tiboran o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.