Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Do‘stlik metro bekatidan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2021 6063 Yangiliklar

 

Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlariga sifatli va qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Do‘stlik metrosi - Yangi O‘zbekiston bog‘i" yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnovi joriy yilning 20 - dekabr kunidan boshlab, 2022 - yilning 10 - yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Qatnovlar soat 08:00 dan 22:00 ga qadar davom etadi. Avtobuslar harkatining oraliq intervali 10-11 daqiqani tashkil etadi.