Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

China Overseas kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.01.2024 1080 Yangiliklar

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov China Overseas kompaniyasi boshqaruv raisi Li Xong janoblari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Xitoy moliya institutlari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Muzokaralar jarayonida tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy loyihalar va ularni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashdi. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning yangi modellarini ishlab chiqish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.