Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi qamrovi kengaymoqda  

Chop etish Sahifani ulashish
25.01.2024 1039 Yangiliklar

2023-yilda poytaxt va viloyatlar jamoat transportida ATTO to'lov tizimi orqali 369,8 million tranzaksiya amalga oshirildi. Bu 2022-yilga nisbatan 65,2% ga o'sishni anglatadi. 2023-yil davomida transport kartalari orqali 118 226 283 tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 54 008 581 tasi tarifli kartalar orqali amalga oshirilgan.

 

2023-yilda avtobuslarda QR-to‘lovlar eng yuqori o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi, ko‘rsatkichlar 237%ga oshib, 1 563 253 tranzaksiyani tashkil etdi. Bank kartalari orqali to’lovlar 142% ga oshib, yil davomida  85 424 299 ta tranzaksiya amalga oshirildi.

 

Yo'lovchilar metroda QR-to'lov turi orqali 74 273 328 ta, metroda mobil QR to'lov turi orqali esa 1 151 142 ta tranzaksiyalarni amalga oshirdi. Virtual kartalar yordamida 188 368 ta tranzaksiyalarni amalga oshirdi.

 

2023-yilda 251 000 ta ATTO transport kartalari joriy etilib, hozirgi kunda mobil ilovadan foydalanuvchilar soni 517 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

 

2023-yilda Nukus va Qo'qon shahri hamda Toshkent, Namangan, Buxoro, Navoiy, Farg'ona viloyatlari jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi faoliyati yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga Toshkent shahri metropolitenida innovatsion to'lov turi sifatida FacePay hamda PalmPay to'lov tizimlarini joriy etdi.