Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Anqara – Toshkent – Anqara yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
18.04.2023 1953 Yangiliklar

 

Bugun, 18 - aprel erta tong mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Anqara – Toshkent yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan aviakompaniyaning Boeing 737-800 havo kemasida 160 nafar yo‘lovchi Toshkentga keldi.

 

An'anaga ko'ra, Boeing 737-800 rusumidagi samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar esa “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi, Transport hamda Turizm vazirliklari va aviakompaniya vakillari tomonidan karnay va surnay sadolari ostida, gullar bilan tantanali ravishda kutib olindi.

 

Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda, shuningdek, O‘zbekison va Turkiya o‘rtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg’ona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yo‘nalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda.