Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2021 3623 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 - yil 25 - noyabrdagi “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi taqdimnomasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma katta prokurori B.Masharipov vazirlik faoliyatini kompleks o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Hamda mazkur kamchiliklarni belgilangan muddatlarda baratarf etish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov boshchiligida o‘tgan mazkur yig‘ilishda departament rahbarlari va boshqarma boshliqlari taqdimnomada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni barataf etish masalasini atroflicha muhokama etishdi.

Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linma rahbarlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar doirasida Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda hududlar kesimida tanqidiy o‘rganib chiqish ishlarini tashkil etish va muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.