Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“ALSTOM” kompaniyasi shahar jamoat transportini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.05.2022 2556 Yangiliklar

 

Bugun, 26 - may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Fransiyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim hamda “ALSTOM” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holatini yuqori baholadi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning sur’atini e’tirof etgan holda ushbu jarayonlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda bevosita fransuz kompaniyalari ham ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimiz shaharlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar hamda loyihalar muhokama etildi.

“ALSTOM” kompaniyasi vakillari uchrashuv davomida shaharlarda relsli transport tizimini yo‘lga qo‘yish, ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo'yicha amalga oshirgan loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.