Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiyaga jo’nab ketishni rejalashtirayotgan yo’lovchilar uchun muhim xabar

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2021 6576 Yangiliklar

 


2021 - yilning 1 - sentabridan Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan mamlakatimiz fuqarolari “COVID-19 siz sayohat qilaman” (Путешествую без COVID-19) ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko‘rsatishlari shart bo‘ladi.

QR-kodni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

App Store, Google Play, AppGallery orqali “Путешествую без COVID-19” mobil ilovasini yuklash;

Mobil ilova yuklanganidan so‘ng uni ishga tushirish, til va geolokatsiyani tanlash;

Qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilash;

72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda PZR-testini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda topshirish. Laboratoriya xodimiga test natijasini “Путешествую без COVID-19” mobil ilovasi orqali olmoqchi ekanligingizni xabar berish. Pasport va uning seriya raqamini kiritish;

Telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skan qilish;

Chegarani kesib o‘tayotganingizda mas’ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etish.

 

Ushbu ilovaning vazifasi koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning mamlakatlar o‘rtasida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashdan iborat.