Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkazilishi rejalashtirilgan

Chop etish Sahifani ulashish
23.05.2024 5697 Yangiliklar

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, 2024-yil 10-iyun soat 14:00 gacha o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etish shart.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00 (213).

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 Shahar atrofi yo‘nalishi

1.

VX-225 y.t

“Yangiyo'l dehqon bozori - Kushek qishlog'i”

yo‘nalishli taksi

2.

VX-265 y.t

“Qiziltog' qo'rg'oni - Qo'yliq dehqon bozori (Enbek orqali)”

avtobus

3.

VX-305 y.t

“Soxibkor MFY - Dam olish uyi”

 

4.

VX-338 y.t

“Chuvildoq qishlog'i - Angren dehqon bozori”

 

5.

VX-351 y.t

“Angren dehqon bozori - S.Raximov f.u.”

 

6.

VX-381 y.t

“Viloyat markaziy shifoxonasi - Parrandachilik fabrikasi”

 

7.

VX-400 y.t

“Do'stobod AShB – Chinoz shahri (Mehnatobod orqali)”

 

8.

VX-432 y.t

“Qorasuv  qo'rg'oni - Burgalik qishlog'i”

 

9.

VX-433 y.t

“Qaytmas qishlog'i - Qo'yliq dehqon bozori”

 

10.

VX-445 y.t

“Beshboy mahallasi - Qo'yliq dehqon bozori (Qorasuv orqali)” 

 

11.

VX-450 y.t

“GES - Gulchilik mahallasi - Janubiy vokzal AShB”

 

12.

VX-456 y.t

“Viloyat markaziy shifoxonasi - A.Yassaviy MFY (Oxunboboyev mahallasi)”

 

13.

VX-518

EXP - Ozodbosh qishlog'i

 

14.

VX-561 y.t

“Konserva zavodi - Mingo'rik AShB”

 

15.

VX-564 y.t

“Baytqo'rg'on qishlog'i - TTZ AShB (Navro'z bozori orqali)”

 

16.

VX-576 y.t

“Guliston MFY - Olmaliq AShB”

 

17.

VX-614 y.t

"Yangiyo'l AShB - A.Temur MFY"

 

18.

VX-622 y.t

“Yangiqo'rg'on MFY - Bo'ka dehqon bozori” 

 

19.

VX-628 y.t

“Oxangaron tibbiyot birlashmasi - Oxangaron shakar zavodi”

 

20.

VX-629 y.t

“Parkent AShB - Chotqol qishlog'i - Chirchiq AShB”

 

21.

VX-653 y.t

“Nurafshon AShB - Ohangaron dehqon bozori”

 

22.

VX-689 y.t

"Munchoqtepa mahallasi - Oxangaron suv oqova boshqarmasi"

 

23.

VX-690 y.t

“A.Yassaviy mahallasi – Qo'yliq dehqon bozori”

 

24.

VX-705 y.t

“Bo'ka markaziy bekati - Alxajar MFY (Bo'ston MFY orqali)” 

 

25.

VX-722 y.t

“Olmaliq AShB - Oy Buloq MFY”